five

HARD SKILLS VA SOFT SKILLS: ZAMONAVIY ISH BOZORIDA ULARNING AHAMIYATI

收藏
DataCite Commons2025-06-20 更新2025-09-08 收录
下载链接:
https://figshare.com/articles/dataset/HARD_SKILLS_VA_SOFT_SKILLS_ZAMONAVIY_ISH_BOZORIDA_ULARNING_AHAMIYATI/29368682
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy ish bozorida muhim ahamiyat kasb etayotgan hard skills va soft skills tushunchalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Hard skills – aniq o‘lchanadigan, oson baholanadigan va o‘zlashtiriladigan texnik ko‘nikmalar bo‘lsa, soft skills – insonning shaxsiy fazilatlari, ijtimoiy muloqot qobiliyatlari, kreativlik, yetakchilik, muammolarni hal qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini qamrab oladi. Bugungi globallashgan va texnologik taraqqiyotga asoslangan iqtisodiyot sharoitida faqat texnik bilimlarga ega bo‘lish yetarli emas. Mazkur maqolada ushbu ko‘nikmalarning o‘rganish metodologiyasi, ularning kadrlar bozoridagi o‘rni, ta’lim tizimidagi ahamiyati va rivojlantirish yo‘llari keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilgari o‘tkazilgan ilmiy ishlar, ish beruvchilar va kompaniyalar yondashuvi tahlil qilindi. Natijalarga asoslanib, bugungi kunda muvaffaqiyatga erishish uchun soft skills va hard skillsning o‘zaro integratsiyasining zarurligi asoslab beriladi. Kelajakda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish va ish beruvchilar talablariga mos keladigan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.<br>
提供机构:
figshare
创建时间:
2025-06-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务