遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA ESHITISH LAYOQATINI IFODALOVCHI LEKSEMALARNING LINGVOKOGNITIV TAHLILI

收藏
Zenodo2026-04-18 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada ingliz va o‘zbek tillarida eshitish layoqatini ifodalovchi leksemalarning lingvokognitiv xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda eshitish bilan bog‘liq semantik birliklarning nafaqat leksik ma’nosi, balki ularning inson ongida shakllanishi, idrok etilishi va madaniy kontekst bilan o‘zaro aloqasi ham yoritiladi. Lingvokognitiv yondashuv asosida “eshitmoq”, “tinglamoq”, “quloq solmoq” kabi o‘zbek tilidagi birliklar hamda “hear”, “listen”, “pay attention” kabi ingliz tilidagi leksemalar konseptual jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur leksemalarning metaforik va pragmatik qo‘llanishi orqali insonning nutqiy faoliyati va kommunikativ jarayondagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eshitish layoqati bilan bog‘liq tushunchalar har ikki tilda umumiy kognitiv asosga ega bo‘lsa-da, ularning ifodalanishida milliy-madaniy xususiyatlar sezilarli darajada aks etadi. Ushbu ish lingvokognitiv tadqiqotlar, qiyosiy tilshunoslik va pragmatika sohalarida muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务