遇见数据集

TRANZITIVLIK VA TERMINATIVLIK MA'NOLARINING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FE'L BIRIKISH IMKONIYATLARIGA TA'SIRI VA ULARNING NUTQ JARAYONIDA NAMOYON BO'LISHI

收藏
Zenodo2026-04-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqola tranzitivlik va terminativlik kategoriyalarining ingliz va o‘zbek tillarida fe’llarning birikish imkoniyatlariga ta’siri hamda ularning nutq jarayonida namoyon bo‘lishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda fe’llarning semantik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilib, ushbu kategoriyalarning fe’l kombinatorikasini shakllantirishdagi roli aniqlashtiriladi. Tahlil jarayonida tranzitiv fe’llarning ob’ekt bilan bog‘lanish xususiyati, intransitiv fe’llarning esa ob’ektsiz qo‘llanishi yoritildi. Shuningdek, terminativlik kategoriyasi orqali harakatning yakunlangan yoki davomiyligi ifodalanishi ingliz va o‘zbek tillari misolida ko‘rsatildi. Natijalar fe’llarning kombinator imkoniyatlari qat’iy emasligi, balki kontekstga bog‘liq holda o‘zgarishini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida tranzitivlik va terminativlik kategoriyalarining fe’llarning nutqdagi funksional imkoniyatlarini kengaytirishi hamda ularning semantik aniqligini ta’minlashdagi muhim o‘rni asoslab berildi. Mazkur natijalar nazariy tilshunoslik, qiyosiy lingvistika va tarjimashunoslik sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务