TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI BOSHQARISHDA LOYIHAVIY YONDASHUV
收藏资源简介:
Maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish jarayoniga loyiha boshqaruvi metodologiyasini tatbiq etish masalasi tadqiq qilinadi. An'anaviy funksional yondashuvning tarqoqlik, koordinatsiya yetishmasligi va aniq natija ko'rsatkichlarining yo'qligi kabi kamchiliklari tahlil qilinadi. Muallif tomonidan muammoli kreditni undirish yoki qayta tuzilmalashni alohida loyiha sifatida tashkil etishga asoslangan bosqichma-bosqich model taklif etiladi. Model loyiha boshqaruvi tamoyillari (PMBOK, PRINCE2) asosida qurilgan bo'lib, tashxis, strategiyani tanlash, ijro, monitoring va yakunlash bosqichlarini o'z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari loyihaviy yondashuvning undiruv muddatini qisqartirish, xarajatlarni optimallashtirish va bank aktivlari sifatini yaxshilashdagi amaliy ahamiyatini ko'rsatadi.



