KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA BANK MAHSULOTLARI DIVERSIFIKATSIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI EKONOMETRIK BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini rivojlantirishda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan bank mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligi hamda ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri ekonometrik usullar asosida baholangan. Tadqiqotda 2020–2025-yillar davomida O‘zbekiston bank tizimi va "Agrobank" ATB faoliyati misolida kichik biznesni moliyalashtirish ko‘rsatkichlari, bank mahsulotlari diversifikatsiyasi, raqamli bank xizmatlari hamda innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Empirik baholashda Ordinary Least Squares (OLS) regressiya modeli, korrelyatsiya tahlili, Variance Inflation Factor (VIF) va diagnostik testlardan foydalanildi. Natijalar bank mahsulotlari diversifikatsiyasi, innovatsion bank mahsulotlari va raqamli moliyaviy xizmatlarning kichik biznesning moliyaviy barqarorligi hamda iqtisodiy rivojlanishiga statistik jihatdan sezilarli ijobiy ta'sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida tijorat banklarida kichik biznesni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



