XORAZMNING SHARQIY YEVROPA, VOLGABO'YI VA G'ARBIY YEVROPA BILAN SAVDO-IQTISODIY VA MADANIY ALOQALARI (X–XV ASRLAR)
收藏资源简介:
Ushbu tadqiqotda X–XV asrlarda Xorazm vohasining Volgabo‘yi, Sharqiy Yevropa, Rus knyazliklari hamda G‘arbiy Yevropaga olib boruvchi savdo yo‘nalishlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xorazmning Hazar xonligi, Volga Bulg‘oriyasi va Oltin O‘rda hududlari bilan munosabatlari, Gurganjning yirik savdo-hunarmandchilik markazi sifatidagi mavqeyi hamda Ustyurt va Orolbo‘yi orqali o‘tgan karvon yo‘llarining ahamiyati yoritiladi. Yozma, arxeologik va numizmatik manbalarni qiyosiy tahlil qilish asosida Xorazmning Yevroosiyo savdo tizimidagi o‘rni, tovar va pul muomalasi, aholi harakati hamda madaniy aloqalarning ayrim jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Xorazmning shimoliy va g‘arbiy yo‘nalishlardagi aloqalari yagona va o‘zgarmas savdo tizimi emas, balki siyosiy, iqtisodiy va geografik sharoitlar ta’sirida rivojlangan ko‘p tarmoqli jarayon bo‘lganini ko‘rsatadi.



