遇见数据集

NAVOIYGA HURMAT - JAMIYATGA HURMAT

收藏
Zenodo2026-04-30 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Alisher Navoiy — o‘zbek va turkiy xalqlar tarixida nafaqat buyuk shoir, balki yuksak salohiyatli davlat arbobi, mutafakkir va ma’rifatparvar sifatida alohida o‘rin egallagan betakror shaxsdir. U yashagan davr — Temuriylar davlati — siyosiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan muhim o‘zgarishlar davri bo‘lib, Navoiy ana shu jarayonlarning markazida faol ishtirok etgan. Bolalik va yoshlik yillarining saroy muhitida, yirik davlat arboblari va allomalar davrasida o‘tishi uning dunyoqarashi, tafakkuri va davlat boshqaruvi sohasidagi bilimlarini shakllantirdi. Ayniqsa, Husayn Bayqaro bilan bo‘lgan mustahkam do‘stlik rishtalari uning siyosiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi. Navoiy nafaqat adabiyot, balki tilshunoslik, tarix, din, falsafa kabi ko‘plab sohalarda samarali ijod qilib, o‘z davrining ko‘p qirrali allomasiga aylandi. Uning asarlarini o‘rganish orqali nafaqat adabiy merosi, balki ilmiy va tarixiy qarashlari haqida ham chuqur tasavvur hosil qilish mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务