遇见数据集

PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO'LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O'RNI

收藏
Zenodo2026-04-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada psixofizika fanining shakllanishi va rivojlanishida nemis olimlari Ernest Veber hamda Teodor Fexnerning ilmiy tadqiqotlari tahlil qilinadi. Psixofizika – bu inson sezgi organlari orqali qabul qilinadigan tashqi qo‘zg‘atuvchilar va ular natijasida yuzaga keladigan psixik holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan fan sifatida XIX asrda shakllangan. E. Veber tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida sezgi chegaralari va farqlash qobiliyatiga oid qonuniyatlar aniqlangan bo‘lib, bu keyinchalik Veber qonuni sifatida ilmiy muomalaga kiritilgan. T. Fexner esa ushbu g‘oyalarni chuqurlashtirib, psixik sezgilar intensivligi bilan fizik qo‘zg‘atuvchilar kuchi o‘rtasidagi matematik bog‘liqlikni asoslab berdi va psixofizikaning nazariy asoslarini yaratdi. Maqolada ushbu ikki olimning ishlari psixologiya fanining eksperimental yo‘nalish sifatida shakllanishiga qo‘shgan hissasi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, psixofizikaning zamonaviy psixologiya va neyrofanlardagi o‘rni ham qisqacha yoritiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务