遇见数据集

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ENERGIYA SAMARADOR QURILISH UCHUN BAZALT ASOSIDAGI ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida energiya samarador qurilish uchun bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish istiqbollari baholanadi. Tadqiqot ilmiy manbalar, standartlar va O‘zbekiston qurilish me’yoriy hujjatlari tahliliga asoslangan. Bazalt mineral paxtasi past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yaxshi tovush yutishi, mineral tolalarning yonmasligi hamda yuqori haroratli sharoitlarda qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Materialdan foydalanish O‘zbekiston uchun yozning issiqligi, mavsumiy harorat tebranishlari, isitish va sovitish energiyasiga bo‘lgan talab hamda mavjud binolarni modernizatsiya qilish zarurati sababli dolzarbdir. Mamlakatda, jumladan Samarqand viloyatida, bazalt xomashyosi mavjud. Natijalar bazalt izolyatsiyasini fasadlar, tomlar, pollar, ichki to‘siqlar, quvurlar va yong‘indan himoyalash tizimlarida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi; bunda mahsulot sertifikatlanishi, namlikdan himoya va sifatli montaj ta’minlanishi lozim. Mahalliy ishlab chiqarish, loyihalash va sifat nazorati bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务