PEDAGOGIK MULOQOTDA UMUMMILLIY QADRIYATLAR USTUVORLIGI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ta'lim jarayonidagi roli va ularning ijtimoiy faol shaxslarni rivojlantirishga qo’shishi mumkin bo’lgan hissasi yoritiladi. Zamonaviy globallashuv davrida yosh avlodni tarbiyalashda nafaqat akademik bilimlarga, balki insoniy fazilatlar, vatanparvarlik, bag'rikenglik va halollik kabi qadriyatlarga ham tayanadigan kompleks yondashuv zarur. Milliy qadriyatlar millatning tarixiy tajribasi, an'analari va madaniyati bilan mustahkamlanadi, umuminsoniy qadriyatlar esa butun insoniyatga xos bo'lgan axloqiy normalar va tamoyillarni o'z ichiga oladi. Maqolada ushbu qadriyatlarning ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, o'quvchilar ongida ularni shakllantirish mexanizmlari va ijtimoiy faollikni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi.



