GLOBAL MOLIYAVIY INQIROZLARNING KELIB CHIQISH OMILLARI VA ULARNING JAHON IQTISODIY BARQARORLIGIGA TA'SIRINI STATISTIK BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada global moliyaviy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ularning jahon iqtisodiy barqarorligiga ta’siri hamda moliyaviy xatarlarni statistik baholash masalalari yoritilgan. Kredit hajmining haddan tashqari kengayishi, aktivlar narxining sun’iy oshishi, davlat va xususiy qarzdorlikning ortishi, moliyaviy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda makroiqtisodiy nomutanosibliklar inqirozlarning asosiy omillari sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, 2008–2009-yillardagi global moliyaviy inqiroz va keyingi davrlardagi qarzdorlik ko‘rsatkichlari misolida iqtisodiy o‘sish, xalqaro savdo va moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida moliyaviy inqirozlarning oldini olish, erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.



