遇见数据集

TA'LIMIY O'YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOLALARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-05-25 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada ta’limiy o‘yin texnologiyalari asosida bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, ularning bolalar tafakkuri, diqqat, xotira, nutq, mantiqiy fikrlash va ijodiy faoliyat rivojiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida ta’limiy o‘yinlarning psixologik-pedagogik mohiyati, boshlang‘ich va maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida tutgan o‘rni hamda innovatsion metodlar bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalarini tashkil etishning metodik asoslari, interaktiv yondashuvlar, raqamli vositalar va kreativ mashg‘ulotlarning bolalarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri ilmiy dalillar asosida ochib berilgan. Maqolada o‘yin asosidagi ta’lim jarayoni bolalarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, kommunikativ faollik va motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ta’limiy o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish bolalarning intellektual salohiyatini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务