INNOVATSION LOYIHALARNI DAVLAT BUDJETI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur tezis innovatsion loyihalarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlashining o‘rni, loyihalarni rivojlantirishning yangi yondashuvlari hamda samarali moliyalashtirish vositalari o‘rganilgan. Xususan, davlat-xususiy sheriklik, venchur kapital, grant dasturlari, klaster tizimi, kraudfanding va raqamli texnologiyalar asosidagi moliyalashtirish usullari yoritilgan. Shuningdek, budjet mablag‘laridan foydalanishda samaradorlik, shaffoflik va moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda mamlakatning texnologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.



