TA'LIM JARAYONIGA TURIZM FAOLIYATINI INTEGRATSIYALASH ORQALI O'QUV MOTIVATSIYASINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ta’lim jarayoniga turizm faoliyatini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish mexanizmlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarda turizm faoliyati o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiruvchi, amaliy kompetensiyalarni shakllantiruvchi va ijtimoiy faolligini rivojlantiruvchi vosita sifatida baholanmoqda. Tadqiqot davomida ta’limiy ekskursiyalar, madaniy turizm, ekologik sayohatlar hamda tarixiy obidalarga tashriflarning o‘quvchilarning motivatsion holatiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, UNESCO, UNWTO va xalqaro pedagogik tadqiqotlar natijalari asosida turizm va ta’lim integratsiyasining samarali mexanizmlari yoritildi. Tadqiqot natijalari turizm faoliyatini ta’lim jarayoniga tizimli integratsiya qilish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishini ko‘rsatadi.



