RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT QONUNCHILIGINI SAMARALI ISLOH QILISH MASALALARI
收藏资源简介:
Maqolada raqamlashtirish jarayonlari sharoitida mehnat qonunchiligini isloh qilishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Xususan, mehnat munosabatlarining yangi shakllari — masofaviy ishlash, elektron mehnat shartnomalari va mehnat daftarchalarining huquqiy asoslari o’rganilgan. Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari hamda Evropa Ittifoqi, AQSh, Singapur va Xitoy tajribasi misolida raqamli iqtisodiyot sharoitida xodimlar huquqlarini himoya qilishning ilg’or modellari yoritilgan. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida raqamlashtirish bilan bog’liq normalar kiritilgan bo’lsa-da, masofadan turib ishlovchi xodimlarning huquqiy maqomi, elektron mehnat shartnomalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida qator muammolar mavjudligi qayd etilgan xolda muallif tomonidan amaliy takliflar ilgari surilgan.



