遇见数据集

JIGAR ABSSESSIDA SHARTLI PATOGEN ANAEROB KOKKLARNING AHAMIYATI, O'ZBEKISTONDA KASALLIKNING DOLZARBLIGI VA ZAMONAVIY DAVOLASH PRINSIPLARI

收藏
Zenodo2026-05-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy maqolada jigar abssessining etiologik tuzilmasida shartli patogen anaerob kokklarning (Parvimonas micra, Ruminococcus productus va boshqa Peptostreptococcus turlarining) ahamiyati yoritilgan. So‘nggi o‘n yillikdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jigar abssesslarining 60% dan ortig‘ida aralash aerob-anaerob mikroflora ishtirok etadi, anaerob kokklar esa 15-20% hollarda yetakchi yoki assotsiativ patogen sifatida ajraladi. O‘zbekiston sharoitida kasallikning haqiqiy tarqalishi va mikrobiologik profili yetarlicha o‘rganilmagan, ammo appenditsit, xolesistit, qandli diabet va jigar sirrozining yuqori darajasi ushbu muammoning dolzarbligini belgilaydi. Zamonaviy davolash prinsiplari – perkutan drenajlash (KT yoki ultratovush nazoratida), uzoq muddatli (4-6 hafta) antibiotik terapiyasi (seftriakson+metronidazol yoki piperatsillin/ tazobaktam) hamda step-down rejimiga asoslangan. Maqola O‘zbekiston uchun klinik protokollarni takomillashtirish va anaerob infeksiyalarni laborator diagnostikasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务