O'QUVCHILARNING LIDERLIK KOMPETENSIYALARINI O'RGANISHNING FALSAFIY OMILARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarda liderlik kompetensiyalarini shakllantirish va o‘rganish jarayonining falsafiy omillari tahlil etiladi. Tadqiqotda liderlik fenomeni insonning ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy rivojlanish jarayonining tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi. O‘quvchi shaxsining liderlik kompetensiyasi faqat tashabbuskorlik yoki boshqaruv ko‘nikmalari bilan emas, balki uning dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va o‘z-o‘zini anglash darajasi bilan ham belgilanadi. Falsafiy yondashuv asosida liderlikni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy tarbiya, erkin fikrlash, mas’uliyat va insonparvarlik g‘oyalari muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning integratsiyasi, shaxs falsafasining ta’limdagi o‘rni va zamonaviy pedagogik tafakkurning ahamiyati asoslab beriladi.



