NUTQIY JANRLAR SHAKLLANISHIDA PRAGMATIK FAKTORLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada nutqiy janrlar shakllanishida pragmatik faktorlarning funksional-semantik xususiyatlari Jane Eyre asari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matnda kommunikativ maqsad, nutq vaziyati, muallif va personajlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda pragmatik omillarning nutqiy janrlarning yuzaga kelishi va rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, dialog, monolog, murojaat, iltimos, buyruq va hissiy-ekspressiv birliklarning funksional-semantik xususiyatlari pragmalingvistik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Asardagi nutqiy janrlarning qo‘llanishi personajlarning ijtimoiy mavqei, psixologik holati va kommunikativ niyatini ifodalovchi muhim vosita sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari pragmalingvistika, badiiy matn tahlili va nutqiy janrlar nazariyasining ilmiy rivojiga xizmat qiladi.



