EKOLOGIK HUQUQBUZARLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK VA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur tezisda ekologik huquqbuzarlik natijasida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning mazmuni, qo‘llanilish asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning kompensatsiyaviy hamda ogohlantiruvchi funksiyalari, haqiqiy zarar, majburiy xarajatlar va olinmay qolgan daromad tushunchalarining ekologik-huquqiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ekologik zararni hisoblashda taksa usulining o‘rni, uning jarimadan farqli jihatlari hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zararni aniqlash bilan bog‘liq amaliy muammolar ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan ekologik huquqbuzarlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik samaradorligini oshirish, taksa miqdorlarini aniq belgilash va ularni qo‘llash doirasini kengaytirishga oid takliflar ilgari surilgan.



