O'ZBEK VA INGLIZ BOLALAR ADABIYOTIDA BOLALIK IDENTIKLIGINING BADIIY SHAKLLANISHI.
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqot o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida bolalik identikligining badiiy shakllanishini qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida Xudoyberdi To‘xtaboyevning Sariq devni minib hamda Susan Hillning I’m the King of the Castle asarlari tanlandi. Tadqiqotning maqsadi bolalar qahramonlari identikligining shakllanishiga ta’sir etuvchi badiiy, psixologik va madaniy omillarni aniqlash hamda ularning milliy adabiy tafakkurdagi ifodalanish xususiyatlarini qiyosiy yoritishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, germenevtik va interpretatsion tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida bolalik identikligi har ikki adabiy an’anada turli badiiy konsepsiyalar asosida shakllanishi, biroq uning markazida shaxsning o‘zligini anglash va ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni turishi aniqlandi.



