遇见数据集

O'PKA FAOLIYATI BUZILISHIGA BOG'LIQ ISHQORLANISH HOLATLARIDA MONOTSIT FAOLLASHUVI VA TOMIR ICHKI QAVATI SHIKASTLANISHI

收藏
Zenodo2026-04-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Nafas olish tizimi faoliyatining buzilishi natijasida rivojlanadigan respirator alkaloz – qon pH darajasining oshishi va karbonat angidrid (CO₂) parsial bosimining pasayishi bilan xarakterlanadigan patologik holat bo‘lib, u ko‘plab kritik kasalliklar, jumladan o‘pka parenximasining diffuz shikastlanishi, o‘tkir respirator distress sindromi (ARDS), og‘ir pnevmoniyalar hamda markaziy nafas olish markazining boshqaruv buzilishlarida kuzatiladi. Ushbu sharh maqolada respirator alkaloz va uning asosida yotgan gipokapniya sharoyitida monotsitlar faollashuvining molekulyar mexanizmlari hamda tomir ichki qavati (endoteliy) shikastlanishining patogenetik aspektlari atroflicha yoritilgan. So‘nggi o‘n yillikdagi ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, gipokapniya va alkaloz nafaqat miya qon oqimining pasayishiga olib keladigan vazokonstriksiya mexanizmlari orqali, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri immun hujayralar faolligiga ta’sir etib, monotsitlarning yuzaki retseptorlari (masalan, CD14, CD16, CCR2, CX3CR1) ekspressiyasini o‘zgartirishi va ularning endoteliyga adgeziya qobiliyatini kuchaytirishi mumkin [1]. Ayniqsa, endotelial glikokaliks degradatsiyasi – tomir ichki qavati shikastlanishining erta bosqich belgisi bo‘lib, uning buzilishi kapillyar o‘tkazuvchanlikning oshishi, interstitsial shohlamaning shakllanishi va o‘pka funksiyasining yomonlashuviga olib keladi [2]. Monotsitlar va ularning hosilalari (masalan, mikrovezikulalar va ekstrasellyulyar vezikulalar) alkaloz sharoyitida sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α, MCP-1) ishlab chiqarishni faollashtirishi, shuningdek, endotelial hujayralar bilan o‘zaro ta’sirlashib, adgeziya molekulalari (ICAM-1, VCAM-1, E-selektin) ekspressiyasini induksiyalashi isbotlangan [1]. Maqolada, shuningdek, o‘pka mikrosirkulyator yotqizig‘idagi neytrofillar va monotsitlarning sekvestratsiyasi, ularning to‘qimaga migratsiyasi, shuningdek, alveolyar makrofaglarning faollashuvi kabi jarayonlar alkaloz fonida qanday o‘zgarishlarga uchraganligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlarning natijalariga asoslanib, gipokapniya va alkalozning ma’lum sharoitlarda (masalan, issiqlik stressida) himoya mexanizmlarni faollashtirishi – ya’ni yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi qarama-qarshi ma’lumotlar ham tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan, o‘pka faoliyati buzilishiga bog‘liq ishqorlanish holatlarida monotsitlarning paradoksal ikki tomonlama roli – bir tomondan ularning faollashuvi natijasida endoteliyga zarar yetishi, ikkinchi tomondan esa ularning gipokapnik sharoitda “sokin” holatda qolishi yoki yallig‘lanishga qarshi fenotipga o‘tishi – patofiziologik mexanizmlarning murakkabligini namoyish etadi. Ushbu sharh ARDS, sepsis bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishi, hamda mexanik ventilyatsiya asoratlari kabi klinik holatlarda terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务