遇见数据集

SALSOLA L. TURKUMI TURLARINING FITOKIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOLLIGI

收藏
Zenodo2026-09-20 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Tabiiy mahsulotlar va ularning metabolitlari dori vositalarini yaratishda kimyoviy jihatdan xilma-xil boshlangʻich birikmalar manbai boʻlib kelmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi va biologik faol moddalarni ajratib olish imkoniyatlarining kengayishi tadqiqotchilarni oʻsimliklarni tibbiyot bilan bir qatorda oziq-ovqat va nutratsevtika sohalarida ham oʻrganishga undamoqda. Oʻzbekistonning sahro va yarimsahro hududlarida shoʻrlangan yerlar va qurgʻoqchil iqlim sharoitiga moslashgan florani oʻrganish, ulardan tibbiyot hamda qishloq xoʻjaligida samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) oilasi vakillari ekstremal ekologik sharoitda yashashga moslashgani sababli oʻzida oʻziga xos biologik faol birikmalarni toʻplaydi. Zamonaviy dori vositalarini yaratishda oʻsimlik ekstraktlari va ularning ikkilamchi metabolitlaridan kimyoviy boshlangʻich manba sifatida foydalanish tobora kengayib bormoqda. Xususan, Salsola L. turkumi turlari xalq tabobati bilan birga nutratsevtika va zamonaviy farmatsevtikada ham katta qiziqish uygʻotmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务