RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MINTAQAVIY TADBIRKORLIK EKOTIZIMINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqaviy tadbirkorlik ekotizimining shakllanish jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillar Isenberg ekotizim modeli va Global Tadbirkorlik Monitoringi (GEM) metodologiyasiga tayangan holda tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi 54,3 foizga yetgan, 2025 yil 1 sentabr holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan 465,6 ming korxonaning 85 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etgan. Internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 2021 yildagi 76,6 foizdan 2025 yil yanvar-avgust oylarida 94,2 foizgacha o‘sgan, IT Park Uzbekistan rezidentlari soni esa 2025 yil may oyi holatiga 2846 taga yetgan. Ushbu raqamlar tahlil qilinib, mintaqaviy raqamli tadbirkorlik ekotizimini shakllantiruvchi institutsional, infratuzilmaviy, moliyaviy, inson kapitali va bozor omillari ajratib ko‘rsatilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



