遇见数据集

OLIY TA'LIM TALABALARIDA RAQAMLI FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-23 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida raqamli fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal kirib kelishi natijasida shaxsning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlarini anglash, axborot va kommunikatsiya vositalaridan mas’uliyatli foydalanish, onlayn hamkorlik qilish, raqamli xavfsizlikka rioya etish hamda raqamli jamiyat hayotida faol ishtirok etish qobiliyatlari muhim kompetensiyaga aylanmoqda. Tadqiqotda raqamli fuqarolik kompetensiyasining motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy-faoliyatli, xavfsizlik va refleksiv komponentlari aniqlashtirilgan. Talabalarda mazkur kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Anglash – Mas’uliyat – Muloqot – Hamkorlik – Raqamli ishtirok – Refleksiya” modeli taklif etilgan. Model asosida case-study, raqamli vaziyatlarni modellashtirish, muammoli topshiriqlar, virtual hamkorlik, debat, refleksiv kundalik va raqamli loyihalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务