AQSH, SINGAPUR VA JANUBIY KOREYA TAJRIBASI NEGIZIDA O'ZBEKISTON PEDAGOGIKA OTMLARIDA TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada AQSH, Singapur va Janubiy Koreyaning pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalari qiyosiy tahlil qilinadi. Metodologik asos sifatida qiyosiy-pedagogik, tizimli va statistik tahlil usullari qo‘llanilgan. Natijada, AQSHning akkreditatsiya va mustaqil baholash tizimi, Singapurning pedagog kadrlarni tanlash va uzluksiz rivojlantirish modeli hamda Janubiy Koreyaning ta’lim sifatini raqamli monitoring qilish standartlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitiga adaptatsiya qilish imkoniyatlari asoslandi. Xulosa sifatida pedagogika OTMlarida ichki va tashqi sifat monitoringi tizimini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish mexanizmlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.



