SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH, BAHOLASH VA TAVSIYALAR SHAKLLANTIRISH PLATFORMASI
收藏资源简介:
ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida bitiruv malakaviy ishlarini intellektual tahlil qilish, baholash va tavsiyalar shakllantirishni amalga oshiruvchi dasturiy platformasi va uning yordamida BMIni baholashda barcha asosiy funksiyalar - hujjat tuzilmasini tanish, rasmiylashtirishni tekshirish, mavzu talablariga muvofiqlikni aniqlash, mazmunni tahlil qilish, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini baholash, jadval/rasm/ilovalarni tekshirish, malakaviy ishni har bir bo'limi bo'yicha ball hisoblash, xato va afzalliklarni aniqlash, tavsiyalar shakllantirish, yakuniy bahoni chiqarish hamda sertifikat generatsiya qilish kabi amallar bayon etiladi. Ushbu muammoni hal etishda amalda ishlayotgan, ishlash mexanizmi markazida joylashgan sun'iy intellekt (SI) texnologiyasi asosida yotgan MyEduCheck (myeducheck.uz) intellektual veb-platformasi taklif etiladi. Uning yordamida ilmiy rahbar va taqrizchi qisqa muddat ichida o'nlab va undan ortiq BMIni tekshirish imkoniyati yaratilib, bu usulda ularning yuksak malakasidan qat'i nazar, mezonlar asosida tekshiriladi. Bunday sharoitda ta'lim sifatini ta'minlashning xolis, shaffof va tezkor mexanizmlarini yaratishga erishiladi. Bundan tashqari, ushbu platformadan kafedrada dastlabki himoyada bitiruvchilarni har bir BMIlari tekshirilib, asosiy himoya kunigacha ularni xatoliklarini aniqlashga va bu kamchiliklarni tuzatishga ham imkon bo’ladi.



