遇见数据集

BIZNES JARAYONLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada biznes jarayonlarining mazmuni, ularning korxona faoliyatidagi o‘rni hamda samarali boshqaruvni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Biznes jarayonlari korxonaning strategik maqsadlariga erishishida asosiy mexanizm sifatida namoyon bo‘lib, ularni to‘g‘ri tashkil etish va hisobga olish moliyaviy barqarorlik hamda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida biznes jarayonlarini hisobga olishning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va ularning buxgalteriya hisobi tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritib beriladi. Shuningdek, jarayonlarni to‘g‘ri identifikatsiya qilish, ularni hujjatlashtirish va nazorat qilish orqali boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy iqtisodiy sharoitda biznes jarayonlarini hisobga olishning ahamiyati asoslanib, ushbu yo‘nalishdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari korxonalar faoliyatini takomillashtirish hamda hisob tizimini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务