ARTERIAL GIPERTENZIYA BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA YURAK ISHEMIK KASALLIGINING YUQORI XAVF OMILLARINI ERTA ANIQLASH, PROFILAKTIKA VA TERAPIYANI OPTIMALLASHTIRISH
收藏资源简介:
Annotatsiya. Arterial gipertenziya yurak-qon tomir kasalliklarining muhim xavf omillaridan biri bo‘lib, uning uzoq muddat davomida nazorat qilinmasligi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. Tadqiqotning maqsadi arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanishining yuqori xavf omillarini erta aniqlash, ularni kompleks baholash hamda profilaktika va terapiyani optimallashtirishdan iborat. Tadqiqotda arterial gipertenziya bilan kasallangan 30 nafar bemorning klinik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bemorlarning arterial bosim darajasi, yoshi, tana massasi indeksi, arterial gipertenziya davomiyligi, jismoniy faollik darajasi, chekish holati, lipid almashinuvi, glyukoza ko‘rsatkichi va oilaviy anamnezi baholandi. O‘rganilgan guruhda arterial gipertenziyaning 5 yildan ortiq davom etishi 63,3%, ortiqcha tana vazni yoki semirish 60,0%, jismoniy faollikning yetishmasligi 56,7%, dislipidemiya 53,3% hollarda aniqlandi. Olingan natijalar arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda yurak ishemik kasalligi xavfini faqat arterial bosim darajasi asosida emas, balki mavjud xavf omillarining umumiy majmuasi asosida baholash zarurligini ko‘rsatdi. Erta skrining, xavf omillarini aniqlash, turmush tarzini modifikatsiya qilish va individual farmakoterapiya yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.



