SUG'URTA TARIF SIYOSATI VA SUG'URTA MUKOFOTLARINING IQTISODIY MOHIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sug‘urta tariflari va sug‘urta mukofotlarining iqtisodiy mohiyati, ularning shakllanish mexanizmi hamda sug‘urta tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Sug‘urta tariflari sug‘urta xizmatlari narxini belgilovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u risk darajasi, ehtimoliy zarar miqdori va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Shuningdek, sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta kompaniyasiga to‘lanadigan to‘lov sifatida sug‘urta fondining shakllanishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Maqolada sug‘urta tariflari va mukofotlarini hisoblash tamoyillari, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda sug‘urta bozorini rivojlantirishdagi roli ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sug‘urta tariflari va mukofotlarini to‘g‘ri belgilash sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, risklarni samarali boshqarish va sug‘urta tizimining rivojlanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.



