ERKIN A'ZAM NASRIDA MAROSIM POETIKASI VA SOXTA TANTANA MOTIVINING KINOYAVIY TALQINI
收藏官方服务:
资源简介:
Erkin A’zam zamonaviy o‘zbek nasrida ijtimoiy voqelikni kinoya, istehzo, grotesk va tragikomik tafakkur orqali badiiy idrok etgan adiblardan biridir. Uning asarlarida tashqi jihatdan oddiy, hatto kulgili tuyulgan voqea va holatlar zamirida murakkab ijtimoiy-axloqiy muammolar yashirinadi. Ayniqsa, adib nasrida turli marosim, tantana, yubiley va rasmiy yig‘inlarning badiiy tasviri alohida estetik vazifani bajaradi. Bunday marosimlar ko‘pincha chin ma’naviy ehtiyojdan emas, balki rasmiyatchilik, manfaat, o‘zini namoyish etish va tarixiy haqiqatni muayyan mafkuraviy qolipga moslashtirish istagidan kelib chiqadi. Mazkur poetik hodisa Erkin A’zamning “Shoirning to‘yi” qissasida ayniqsa yorqin namoyon bo‘lgan.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-09-30



