遇见数据集

OʻZINI ANGLASH JARAYONIDA MADANIY OMILLAR

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada shaxsning o‘zini anglash jarayonida madaniy omillarning tutgan o‘rni kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. O‘zini anglash insonning ijtimoiylashuvi, ma’naviy kamoloti hamda shaxsiy identifikatsiyasini shakllantiruvchi muhim psixologik va madaniy jarayon sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda madaniyat shaxs ongiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida qaralib, an’analar, urf-odatlar, til, diniy qarashlar, ijtimoiy me’yorlar hamda qadriyatlar tizimining shaxsiy “men” konsepsiyasini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, madaniy meros va tarixiy tajribaning shaxsning o‘z-o‘zini baholashi, ijtimoiy rollarni anglash hamda jamiyatdagi o‘rnini belgilashiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada globallashuv sharoitida madaniy identitetning transformatsiyasi va bu jarayonning o‘zini anglash mexanizmlariga ta’siri alohida e’tibor markaziga olinadi. Tadqiqot natijalari shaxs rivoji, madaniy ong va ijtimoiy barqarorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashga xizmat qiladi hamda gumanitar fanlar doirasida nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务