STOMATOLOGIYADA ERGONOMIKA VA SHIFOKOR SALOMATLIGI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekiston stomatologik amaliyotida shifokorlarning kasbiy salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi ergonomik muammolar kompleks tahli qilinadi va ularning yechimlari taklif etiladi. Muallif mamlakatimizda stomatologlar orasida mushak-skelet tizimi, ko‘rish organlari kasalliklari va psixo-emotsional charchoqning keng tarqalganligi, shuningdek, infratuzilmaning eskirganligi va kadrlar tayyorlashda ergonomika fanining yetarlicha o‘rin olmasligini ishonchli dalillar bilan ko‘rsatadi. Xalqaro tajriba tahlii orqali “4-qo‘l texnologiyasi”, operatsion mikroskoplar, elektr qo‘l asboblari va CAD/CAM tizimlari kabi innovatsion yondashuvlarning samaradorligi namoyish etiladi. Maqolaning asosiy qismi O‘zbekiston sharoitiga mos amaliy tavsiyalarga bag‘ishlanib, unda shifokorning shaxsiy amaliyoti, klinika darajasi va davlat siyosati uchun aniq chora-tadbirlar – ish holatini to‘g‘rilash, mikropauzalar, ergonomik standartlar joriy etish, milliy yo‘riqnoma ishlab chiqish va uskunalarni sotib olishda ergonomik mezonlarni asosiylashtirish taklif etiladi.



