遇见数据集

MUALLIFLIK HUQUQIDA MULKIY HUQUQLARNI O'TKAZISHNING SHARTNOMAVIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va ijodiy sanoatning jadal rivojlanishi sharoitida fan, adabiyot va san’at asarlaridan tijorat maqsadida foydalanish tobora kengayib bormoqda. Mualliflik huquqidagi mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazishning shartnomaviy mexanizmlari ijodkor manfaatlarini himoya qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik mualliflar tuzgan shartnomalarning huquqiy oqibatlarini to‘liq anglamas ekan, noqulay shartlar asosida bitim tuzishmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon - Qonun) 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlar ushbu sohadagi shartnomaviy tartibga solish tizimini qayta baholashni taqozo etmoqda. Muammoning mohiyati shundaki, mualliflik shartnomalarini tuzishda taraflar ko‘pincha mutlaq va mutlaq bo‘lmagan huquqlarni o‘tkazish o‘rtasidagi huquqiy farqni, shartnomaning majburiy shartlari tizimini hamda shartnomada ko‘rsatilmagan huquqlar masalasini yetarlicha bilmaydi. Bundan tashqari, raqamli muhitda mulkiy huquqlarni o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari qonunchilikda to‘liq tartibga olinmagan. Mazkur muammolar ilmiy tadqiqotni taqozo etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务