GABRIEL GARSIA MARKES ROMANLARIDA OBRAZ YARATISHNING LINGVOPOETIK VOSITALARI: GIPERBOLA VA HIKOYACHI NUTQI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada Gabriel Garsiya Markes badiiy obraz yaratishning lingvopoetik vositalari, avvalo giperbola va o‘zgaruvchan hikoyachi nutqi tahlil qilinadi. Tadqiqot G. H. Bell-Villada, V. B. Faris, F. Jameson va boshqa olimlarning uslubiy hamda naratologik ishlariga tayanadi va obraz yaratishning o‘zaro bog‘liq uch darajasini ajratadi: qahramon nutqining lingvopoetik xususiyatlari, yozuvchining obraz yaratish mahorati hamda muallif nutqi bilan qahramonlar tili o‘rtasidagi uslubiy tafovut. Maqolada asoslanishicha, Markes nasrida giperbola ortiqcha bezak emas, balki obraz yaratishning tizimli vositasidir; voqealardan to‘la xabardor, biroq ularni bolaga xos soddalik bilan bayon etuvchi hikoyachi esa g‘ayrioddiy hodisalarni tabiiy holga keltirib, sehr bilan voqelikni til darajasidayoq uyg‘unlashtiradi.



