遇见数据集

IVLIN VO SATIRIK ROMANLARIDA QORA YUMOR POETIKASI VA IJTIMOIY FOJIA TALQINI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada XX asr ingliz adabiyotining yirik vakili Ivlin Voning (Evelyn Waugh, 1903–1966) satirik romanlarida qora yumor (black humour) poetikasining o‘ziga xos ko‘rinishlari va ijtimoiy fojianing badiiy talqini masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi — Voning dastlabki satirik romanlaridan ikki namuna, “Vile Bodies” (1930) va “A Handful of Dust” (1934) asarlari misolida yozuvchining kulgi va fojia o‘rtasidagi dialektik munosabatni qanday badiiy vositalar orqali amalga oshirganini aniqlashdir. Tadqiqotda germenevtik tahlil, qiyosiy-tarixiy metod hamda stilistik tahlil usullari qo‘llanilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, unda birinchi marta o‘zbek filologiyasida Ivlin Voning qora yumor texnikasi o‘zbek adabiyotshunosligida shakllangan satirik pafos nazariyasi (D. Quronov, K. Qurambayev) bilan qiyosiy tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Voning satirasida kulgi tuzatuvchi (korrektiv) vazifasini yo‘qotib, ijtimoiy-ma’naviy parokandalikni tashhis etuvchi metafizik diagnostik vositaga aylanganligi, bu esa an’anaviy satiradan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务