XANTAL (SINAPIS ALBA L.) O'SIMLIGINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATLARI HAMDA ME'YORLARINING KOMPLEKS TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada oq xantal (Sinapis alba L.) o‘simligining morfobiologik xususiyatlari, o‘sish va rivojlanish bosqichlari hamda hosildorligining ekish muddati va ekish me’yorlariga bog‘liqligi tahlil qilingan. Oq xantal tez rivojlanadigan, ildiz tizimi yaxshi shakllanadigan va urug‘ida yuqori miqdorda biologik faol hamda yog‘li moddalar to‘planadigan moyli ekinlardan biridir. Ekish muddatining o‘simlikning bo‘yi, shoxlanishi, dukkakchalar soni, urug‘lar soni va 1000 dona urug‘ massasiga ta’siri mavjud. Tadqiqotlar oq xantalni maqbul muddatdan kech ekish urug‘ hosildorligining sezilarli kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Uch yillik dala tajribalarida 10-maydan keyingi ekishlarda hosildorlikning pasayishi qayd etilgan. Ekish me’yorining ortishi esa o‘simliklar orasidagi raqobatni kuchaytirishi mumkin. Shu sababli yuqori hosildorlikka erishish uchun ekish muddati va me’yorini alohida emas, balki o‘zaro bog‘liq agrotexnik omillar sifatida baholash zarur.



