遇见数据集

ESKIRGAN ATOV BIRLIKLARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINI VA TAVSIFI MASALASI

收藏
Zenodo2026-04-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada o‘zbek tilida eskirgan atov birliklarning leksikografik talqini, ularni lug‘atlarda qayd etish va tavsiflash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1990–2024-yillar davrida yuzaga kelgan leksik o‘zgarishlar ijtimoiy, lingvistik va leksikografik omillar asosida izohlanadi. Eskirgan birliklarning istorizm va arxaizm sifatidagi farqlanish mezonlari aniqlanib, ularni lug‘atlarda aks ettirishning metodik asoslari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, pometa tizimi, maqola mikrostrukturasi va muqobil birliklarga havola berish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Muallif tomonidan eskirgan birliklarni belgilash uchun minimal pometa tizimi taklif etilib, ularning davriy, uslubiy va sohaviy xususiyatlari tizimli yondashuv asosida tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy leksikografiya, terminologiya va nutq madaniyati uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务