GOSPITAL TA'LIMDA O'QUVCHILAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada uzoq muddat davomida statsionar sharoitida, xususan, onkogematologik xastaliklar bilan davolanayotgan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari gospital maktab pedagogining amaliy tajribasi prizmasi orqali yoritilgan. Shifoxonadagi yopiq va cheklangan muhitning bola ruhiyatiga salbiy ta’sirini kamaytirishda badiiy mutolaaning emotsional barqarorlik va ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlovchi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada gospital ta’lim sharoitida o‘quvchilarning kognitiv jarayonlarini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan amaliy metodlar, jumladan, biblioterapiya (ertak-terapiya), palatalardagi interaktiv mutolaa va shaxsga yo‘naltirilgan individual o‘quv-mutolaa trayektoriyalari batafsil bayon etilgan. Yakunda gospital maktablar muhitini boyitish, ota-onalarni mutolaaga jalb qilish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.



