TA'LIM BOSHQA TILDA OLIB BORILADIGAN MAKTABLARDA O'ZBEK TILIDAGI IBORALARNI O'QITISHDA NUTQIY VA TAYANCH KOMPETENTSIYALARNING SHAKLLANISHI
收藏资源简介:
Inson hayotiga kirib keladigan har qanday yangilik ogohlikni, hattoki narozilikni keltirib chiqaradi. Shu boisdan ham, uzoq yillar davomida bir qolipda ishlab kelgan xalq ta’limi xodimlari bugungi kunning o’zida-yoq takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini bugungi ta’lim talablariga mos darajada tashkil qilishda qiynaladi. Eng avvalo, ta’limda yangi bilimlar shakllantirish borasida zamonaviy axbarot kommunikatsiya va media vositalaridan foydalangan holda yangilik va o’zgarishlar, ta’lim sifatini oshirishda bolalarning bilim salohiyatini takomillashtirish uchun interaktiv g’oyalar orqali bolalarning kompenentliligini rivojlantirishni amalga oshirishi kerak. Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot o’quvchilarda o’quv predmetlari bo’yicha faqatgina bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kopmetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo’llash zaruriyati yuzaga keldi.



