ERONNING MINTAQAVIY LOGISTIK KORIDORLARI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA PROKSI GURUHLARNING O'RNI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Eron Islom Respublikasining Yaqin Sharqdagi strategik logistik koridorlarini himoya qilishda “axis of resistance” (qarshilik ko‘rsatish o‘qi) tarkibiga kiruvchi proksi guruhlarning roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda yetakchi xalqaro aqliy markazlarning (CSIS, MRS, IIIS, SNSC) hisobotlariga asoslangan holda, Tehrondan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan “quruqlik ko‘prigi” xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari o‘rganiladi. Maqolada gibrid urushlar sharoitida proksi guruhlarning tranzit yo‘llarini nazorat qilish, asimmetrik jihatdan jilovlab turish va infratuzilmaviy xavfsizlikni saqlashdagi roli ochib berilgan. Muxtasar qilib aytganda, ushbu koridorlarning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri va tashqi kuchlarning (AQSh, Isroil) aksil-strategiyalari ko‘rib chiqiladi.



