遇见数据集

MAKTAB RAHBARLARINING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBANING QIYOSIY TAHLILI

收藏
Zenodo2026-09-12 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada maktab rahbarlarining mediakompetentligini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston va xorijiy tajriba qiyosiy-pedagogik tahlil qilinadi. Tahlil mediakompetentlikning milliy ta’lim siyosati va boshqaruv standartlariga integratsiyasi, boshlang‘ich ehtiyoj diagnostikasi, real boshqaruv vaziyatlariga yo‘naltirilgan o‘quv mazmuni, mediaetika va raqamli xavfsizlik, raqamli liderlik va manfaatdor tomonlar bilan kommunikatsiya, shuningdek, mentorlik, ish joyiga transfer va monitoring kabi oltita mezon asosida olib borildi. O‘zbekiston tajribasi menejerlik sertifikati, uzluksiz kasbiy rivojlanish va raqamli davlat siyosatining mavjud institutsional bazasi bilan tavsiflanadi. UNESCO/OECD doiralari kompetensiyalar yaxlitligi, raqamli ekotizim va etik boshqaruvni; Sharqiy Osiyo tizimli koordinatsiya va tenglikni; Shimoliy Yevropa professional avtonomiya va refleksiv o‘rganishni; anglofon tajriba esa standartga asoslangan liderlik, mentorlik, klinik tajriba va portfolio vositalarini kuchli jihat sifatida namoyon etadi. Natijada xorijiy amaliyotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki uni O‘zbekistonning huquqiy-me’yoriy muhiti, menejerlik kurslari, maktab direktori vakolatlari, hududiy raqamli imkoniyatlar va milliy kommunikatsiya madaniyatiga moslashtirish zarurligi asoslandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务