YURAKNING ARTERIAL QON BILAN TA'MINLANISH TURLARI VA MIOKARD INFARKTI LOKALIZATSIYASI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
收藏资源简介:
Yurak ishemik kasalligi va uning eng og‘ir ko‘rinishi — miokard infarkti dunyo bo‘yicha o‘limning yetakchi sababi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyida mamlakatda qayd etilgan o‘limlarning 57,2 foizi yurak-qon tomir kasalliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan [1]. Infarktning qaysi devorda joylashishi, uning hajmi, asoratlari va prognozi qaysi toj arteriya tiqilganiga bog‘liq. Biroq bir xil nomdagi arteriyaning oziqlantirish hududi turli odamlarda turlicha: bu yurakning arterial qon bilan ta’minlanish turi (koronar dominantlik) bilan belgilanadi. Darsliklarda toj arteriyalar tarmoqlari batafsil yoritilgan [2], ammo qon ta’minoti turlarining klinik ahamiyati — infarkt topografiyasini, EKG o‘zgarishlarini va asoratlarni oldindan aytib berishdagi roli — talabalar e’tiboridan ko‘pincha chetda qoladi. Shu sababli anatomik bilimni klinik fikrlash bilan bog‘lash dolzarb vazifadir.



