遇见数据集

KICHIK BIZNESNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA YASHIL INNOVATSIYALARNING O'RNI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada kichik biznesning barqaror rivojlanishida yashil innovatsiyalarning o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Yashil innovatsiya, ekoinnovatsiya tushunchalarining turli talqinlari (Rennings, Chen va boshqalar, MEI, OECD) umumlashtirilib, kichik biznes kontekstiga moslashtirilgan ta'rif taklif etilgan. Porter va van der Linde gipotezasi asosida yashil innovatsiyalarning "innovatsion kompensatsiya" orqali raqobatbardoshlikka ta'siri ko‘rsatib berilgan. Yevropa Komissiyasining 2024-yilgi Eurobarometer so‘rovi va O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida kichik biznesda yashil innovatsiyalarni joriy etishning asosiy to‘siqlari moliyaviy resurslar tanqisligi, malakali kadrlar yetishmasligi, me'yoriy-huquqiy noaniqlik va bozor talabining pastligi aniqlangan. Xalqaro moliya institutlari (EBRD, ADB) va milliy yashil moliyalashtirish vositalarining roli ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida kichik biznesda yashil innovatsiyalarni rag‘batlantirishning to‘rt yo‘nalishi moliyaviy vositalarga kirishni kengaytirish, innovatsion infratuzilma va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, me'yoriy-huquqiy bazani soddalashtirish hamda bozor talabini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务