BUXGALTERIYA HISOBIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada buxgalteriya hisobida bulutli texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning korxonalar faoliyatini raqamlashtirishdagi ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Bulutli texnologiyalarning moliyaviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va elektron hisobotlarni shakllantirishdagi afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va Prezident farmonlari asosida korxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bulutli texnologiyalarni qo‘llash korxonalarda xarajatlarni kamaytirish, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish va boshqaruv samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



