TIJORAT BANKLARIDA MUROBAḤA ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHNI JORIY ETISH MODELI (O'ZBEKISTON TAJRIBASI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda islom moliyasining o‘rni, xususan murobaḥa asosidagi moliyalashtirish mexanizmlarini tijorat banklari faoliyatiga joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda murobaḥaning nazariy asoslari, uning an’anaviy kreditlash tizimidan farqli jihatlari hamda O‘zbekiston bank tizimida qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, mamlakatda islomiy moliyaga bo‘lgan talab, tegishli normativ-huquqiy asoslar va tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan dastlabki tashabbuslar ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan murobaḥa asosida moliyalashtirishning amaliy modeli ishlab chiqilib, uning bosqichlari va iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida tijorat banklarida murobaḥa mexanizmini joriy etishning afzalliklari, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.



