MEHNAT BOZORINING MIKROIQTISODIY MODELLARIDA ISH HAQINING MOHIYATI, TURLARI, KO`RSATKICHLARI
收藏资源简介:
Ish haqi mikroiqtisodiy tahlil elementlaridan biri sifatida mehnat resurslarining taqsimoti, ishlab chiqarish xarajatlari, iste’mol talabining shakllanishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat bozorida muvozanatli ish haqi darajasini shakllantirish iqtisodiy o‘sish va bandlik darajasini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada adolatli va rag‘batlantiruvchi ish haqi tizimining mehnat unumdorligi va ijtimoiy tenglikka ta’siri, kambag‘allik darajasini kamaytirish va aholining hayot sifati yaxshilanishiga qo‘shgan hissasi muhokama qilinadi. Texnologik taraqqiyot mehnat bozoridagi talab tuzilmasini tubdan o‘zgartirmoqda. Shuning uchun maqolada texnologik transformatsiyaning ish haqi shakllanishi va mehnat bozoridagi strukturaviy o‘zgarishlarga ta’siri ham tahlil qilinadi.



