BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA MATEMATIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNI SHAKLI, METODI VA VOSITALARI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning shakl, metod va vositalari yoritilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, matematik masalalarni yechish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda o‘z bilimlarini pedagogik jarayonda samarali qo‘llash kompetentligini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, matematik kompetentlikni rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlar, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, mustaqil ta’lim, didaktik topshiriqlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur shakl, metod va vositalardan maqsadli foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va matematik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.



