ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASIDA TEXNOLOGIK AGREGATLARNI BELGILANGAN JADVAL ASOSIDA AVTOMATIK ISHGA TUSHIRISH VA TO'XTATISH TIZIMINI LOYIHALASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada issiqlik-elektr stansiyasida texnologik agregatlarni belgilangan vaqt jadvali asosida avtomatik ishga tushirish va to‘xtatish tizimini loyihalash masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida agregatlarning texnologik bog‘liqligi, yuklama grafigining o‘zgaruvchanligi hamda xavfsizlik talablari chuqur tahlil qilindi. PLC va SCADA asosidagi boshqaruv arxitekturasi ishlab chiqilib, agregatlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish va to‘xtatishning algoritmik modeli taklif etildi. Tizim real vaqt rejimida parametrlarni monitoring qilish, blokirovka va favqulodda to‘xtatish funksiyalarini avtomatik amalga oshiradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilgan yechim energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish, avariya holatlarini minimallashtirish hamda inson omilini qisqartirish imkonini beradi.



