ARAB FRAZEOLOGIZMLARINING LINGVOMADANIY TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada arab frazeologizmlarining lingvoma-daniy xususiyatlari zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning arab xalqining milliy mentaliteti, diniy qarashlari, tarixiy tajribasi hamda madaniy qadriyatlarini aks ettirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, arab tilidagi frazeologizmlarning semantik, pragmatik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilinib, ularning badiiy va publitsistik matnlardagi funksional imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada lingvomadaniyat-shunoslik nuqtai nazaridan frazeologik birliklarning milliy-madaniy konnotatsiyasi, obrazlilik darajasi hamda tarjima jarayonidagi muammolari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari arab frazeologiyasining til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etuvchi muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.



