遇见数据集

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH: SUN'IY INTELLEKT VA INTERAKTIV PLATFORMALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning ingliz tilida yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt vositalari, interaktiv ta’lim platformalari va raqamli teskari aloqa mexanizmlaridan foydalanishning o‘quvchilarning yozma kompetensiyasini shakllantirishdagi pedagogik ahamiyati yoritiladi. Raqamli vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning matn tuzish, grammatik jihatdan to‘g‘ri yozish, lug‘at boyligini kengaytirish, fikrlarni mantiqiy va izchil ifodalash hamda yozma ishlarini mustaqil tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi vositalarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, tezkor fikr-mulohaza berish va o‘quvchilarning mustaqil ishlash faolligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalardan maqsadli va pedagogik jihatdan asoslangan foydalanish o‘quvchilarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish hamda ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务